Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyati hokimining uch nafar o‘rinbosari o‘zgardi

Samarqand viloyati hokimining uch nafar o‘rinbosari o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi E.Turdimovning 2018-yil 1-avgustdagi qarorlariga muvofiq, viloyat hokimining uch nafar o‘rinbosari o‘zgardi, deb xabar bermoqda «Zarnews.uz».

Unga ko‘ra, Nurqulov Abdumajid Alibekovich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shu paytgacha bu vazifada Kamoliddin Qurbonov ishlab kelayotgan edi.

Viloyat hokimning sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi etib Shukurov Akmal G‘ayratovich tayinlandi.

1-avgustga qadar Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Munis Voseyev o‘rnida endilikda Nurullayev Botirjon O‘tkirovich faoliyat ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring