Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyatiga hokim tasdiqlanishi kutilmoqda

Samarqand viloyatiga hokim tasdiqlanishi kutilmoqda

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Samarqand shahrida xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar berdi Prezidentning matbuot xizmati.

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan Samarqand ahliga chuqur hurmatini bildirib, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarni rivojlantirish, xalqimiz hayotini yaxshilash bo‘yicha viloyatda ham ko‘p ishlar qilinayotganini ta’kidladi.

Jumladan, «Obod qishloq», «Obod mahalla» dasturlari doirasida yigirma to‘qqizta qishloq, to‘rtta mahallada qariyb 200 milliard so‘mlik qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan. O‘tgan yili 1 ming 500 kvartirali 36 ta ko‘p qavatli uy, 2 ming 349 ta arzon uy-joy barpo etilib, egalariga topshirilgan. Oltmishga yaqin davlat bolalar bog‘chasi qurilib, 356 ta xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan. Sog‘liqni saqlash, ayollarni qo‘llab-quvvatlash, kommunal tarmoqlarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha ham aniq manzilli ishlar bajarilgan.

Davlatimiz rahbari Germaniyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatib, Samarqandda «raqamli iqtisodiyot» uchun kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Ayni paytda Prezidentimiz viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishni faollashtirish bo‘yicha galdagi vazifalarni ko‘rsatib o‘tmoqda. Sessiyada Samarqand viloyatiga hokim tasdiqlanishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring