Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda fuqaroga yozilgan asossiz qarzdorlik bekor qilindi

Samarqandda fuqaroga yozilgan asossiz qarzdorlik bekor qilindi

Foto:«Uza.uz»

Pastdarg‘om tumanida yashovchi Sherali Mirzayev gaz to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab borishiga qaramasdan, uning nomida 3 million 316 ming so‘mlik qarzdorlik paydo bo‘lgani aniqlangan.

«Onam Karimova Sofiya tuman MIBga ariza bilan murojaat qilgandan so‘ng, ariza o‘rganilib, 2018-yilning 3- fevral kuni xonadonimizning tabiiy gazdan qarzdorligi yo‘qligi haqida xat oldik» deydi murojaatida fuqaro. 2019-yilda ham Mirzayevlar tomonidan gaz uchun to‘lovlar muntazam to‘lab borilgan va barcha to‘lov kvitansiyalari saqlab qo‘yilgan. Joriy yilning 8 fevral kuni esa, uy egalari uyda bo‘lmagan paytda tuman MIB xodimlari tomonidan xonadonning gazdan 3 million 316 ming so‘m qarzi bor deb dalolatnoma tuzilgan, hisoblagich tamg‘alanib, gaz tarmoqdan uzib ketilgan.

Mirzayev shundan so‘ng O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Samarqand viloyat hududiy birlashmasiga murojaat qildi. Murojaat tegishliligi bo‘yicha, Pastdarg‘om tuman jamiyati mutasaddilari tomonidan mutaxassis va arizachi ishtirokida o‘rganib chiqilgan. Xonadonda o‘tkazilgan qayta xatlov natijasida, gaz hisoblagich ko‘rsatkichi va kvitansiyalar o‘rganilib, Mirzayev qarzdor emas, aksincha haqdor ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Natijada 3 316 000 so‘m iste’molchi foydasiga hal etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring