Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda g‘azal bayrami munosib nishonlandi

Samarqandda g‘azal bayrami munosib nishonlandi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun Samarqandda ham g‘azal bayrami, aruz bayrami, she’riyat bayrami. Ertalabdan shahardagi Hazrat Alisher Navoiy haykali poyiga gullar qo‘yildi. Hazrat Navoiy g‘azallari o‘qildi.

Eng go‘zal tadbir — «Nazm va navo kechasi» shahardagi konsert zalida bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand san’at kollejining o‘qituvchilari va talabalari Hazrat Navoiy g‘azallari bilan aytiladigan maqom qo‘shiqlarini ijro etishdi, raqqosalar mumtoz qo‘shiqlarga xirom etishdi.

«Nazm va navo kechasi» mehmonlari so‘zga chiqdilar. Xususan, Samarqand davlat universiteti professori, fan doktori Dilorom Salohiy Navoiy g‘azallarida vatanparvarlik g‘oyalarining ulug‘lanishi borasida qiziqarli so‘zlarni aytdi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari Toshpo‘lat Tugalov, shoira Dilbar Vosiyeva ham yig‘ilganlarni tabriklab, Hazrat Navoiy g‘azallaridan namunalar o‘qib berishdi.

Karimberdi To‘ramurod

Samarqanddan maxsus

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring