Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ichki ishlar xodimlari taqdirlandi

Samarqandda ichki ishlar xodimlari taqdirlandi

Foto: zarnews.uz

Samarqand shahridagi Registon maydonida o‘ziga biriktirilgan mahalla hududida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlashda alohida o‘rnak ko‘rsatgan profilaktika inspektorlari, mahalla faollarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi xabar bermoqda.

Tadbirda 484 nafar profilaktika inspektori, 60 nafar mahalla raislari, profilaktika inspektorlarining yordamchilari Huquqbuzarliklar profilaktikasi jamg‘armasi hisobidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Marosimda Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov, ichki ishlar idoralari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish kengashlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari va mukofot sohiblarining yaqinlari ishtirok etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring