Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda harbiy poligon qurish uchun tenderda yordam bermoqchi bo‘lgan firibgar pora ustida ushlandi

Samarqandda harbiy poligon qurish uchun tenderda yordam bermoqchi bo‘lgan firibgar pora ustida ushlandi

Foto: «PolitRussia.com»

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari Harbiy prokuratura va Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda Samarqand viloyatida harbiy poligon qurish uchun tenderda yordam beraman, deb aldov yo‘li bilan pul olgan firibgarni qo‘lga tushirdi. Bu haqda «Xalq so‘zi» saytida xabar berildi.

«1974-yil Toshkent viloyati Pskent tumanida tug‘ilgan, Olmaliq shahrida yashab kelgan «Kompozit arsenal stroy» MChJ direktori bo‘lgan O‘tkir Abdunaimov xususiy pudrat tashkilotlaridan birining bosh direktoridan firibgarlik yo‘li bilan katta miqdorda xorij valyutasini olishga uringan», deydi huquq-tartibot idorasi vakili.

U Samarqand viloyatida umumiy qiymati 42,5 milliard so‘mga teng harbiy poligonni qurish bo‘yicha tenderda yutib chiqishga go‘yoki yordam beraman deb 50 ming AQSh dollari talab qilgan.

Bu Abdunaimovning birinchi qing‘ir ishi emas. 2016-yil oktabr oyida u pudrat tashkiloti bosh direktori qarindoshlaridan birini ham aldagan. Oqibatda yolg‘onga chuv tushgan tomon Sirdaryo viloyatida trassa uchastkasini qurish uchun o‘z ishchilaridan 50 million so‘m qarz bo‘lib qolgan.

Qayd etilishicha, firibgar Toshkent shahrining yangi ToshMI hududida 20 ming AQSh dollarini avans sifatida naqd shaklda olayotganida qo‘lga tushgan.

Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 211(pora berish)-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring