Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saratonning oxirgi bosqichiga qarshi kurashishning samarali usuli topildi

Saratonning oxirgi bosqichiga qarshi kurashishning samarali usuli topildi

Foto: «Newsae.ru»

AQShda Emori universiteti va G‘arbiy zaxira mintaqasining Keys universiteti olimlari saraton o‘smasining so‘nggi bosqichlarida paydo bo‘ladigan metastaz saraton hujayralariga molekulyar «bomba» yetkazishning yangi samarali usulini aniqlashdi. Mutaxassislar adenoviruslarni modernizatsiyalashtirib, immun tizimiga sezilmaydigan qilib qo‘yishdi. Bu haqda «Science Translational Medicine» jurnalida chop etilgan maqolada ma’lum qilingan.

Onkolitik viruslar saraton hujayralarini yo‘qotishda foydalaniladi va 2015-yilda FDA melanomaga qarshi virusni tasdiqladi. Shu bilan birga, metastaz beruvchi saratonda bunday usul immun tizim qonga yuborilgan viruslarni tezda halok qilgani bois samara bermagan. Modifikatsiya qilingan Ad5-3M adenovirusi katta yallig‘lanuvchi reaksiyalarni chaqirmaydi, shu bois u metastaz beruvchi hujayralarni izlab, butun organizmga tarqalishi mumkin.

Virusning qondagi muayyan omillar bilan o‘zaro ta’sirini kamaytirish uchun o‘zgarishlar adenovirusning uchta joyiga kiritiladi. Shu tariqa, adenovirusning M immunoglobulini bilan o‘zaro ta’sirga kirishadigan qismlarida sun’iy mutatsiya hosil qilinadi. Bu virusa reaktivatsiyasi va uning jigar makrofaglari tomonidan tutilishining oldini oladi. Shuningdek, Ad5-3Mni o‘sma hujayralariga yuboradigan ketma-ketlik qo‘shiladi.

Sichqonlarga standart adenovirus yuqori dozasi yuborilganda bir necha kunda jigar zararlanishi va o‘lim holati qayd etilgan. Modifikatsiya qilingan virus esa xavfsiz bo‘lib chiqdi. Sinovdagi sichqonlarning 35 foizida o‘smalarning yo‘qolishi va umrning uzayishi kuzatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring