Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dushanbeda o‘zbekistonlik sayyohlarni bayramona kutib olishdi

Dushanbeda o‘zbekistonlik sayyohlarni bayramona kutib olishdi

Foto: «News.tj»

Tojikistonga O‘zbekistondan birinchi sayyohlar guruhi tashrif buyurdi. Dushanbe aeroportida 15 kishidan iborat sayyohlar guruhini turistik kompaniyalar vakillari non va tuz bilan kutib olishdi, deb xabar berdi «News.tj».

Foto: «News.tj»

Dushanbedagi «Dusti» maydonidagi Ismoil Somoni haykali oldidan turistik kompaniya vakillari «Salom, Tojikiston» tadbirini o‘tkazishib, o‘z xizmatlari haqida so‘zlab berishdi.

Tojikiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo‘mitasi xabar qilishicha, tashrif buyurgan o‘zbekistonliklarning aksariyat qismi Tojikiston sanatoriyalarida dam olish istagini bildirishgan.

Eslatib o‘tamiz, 9-mart kuni O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari ikki mamlakat fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz kirish haqida shartnoma imzolashgan edi.

19-martdan boshlab esa – O‘zbekiston va Tojikiston orasida 30 kungacha vizasiz kirib-chiqish tartibi kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring