Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Semizlarning ozg‘inlardan ustun bir jihati bor ekan

Semizlarning ozg‘inlardan ustun bir jihati bor ekan

Foto: «Hvylya.net»

Ortiqcha vaznli kishilar anomal jaziramani yengil o‘tkazishadi, deb yozmoqda «RIA Novosti» rossiyalik olimlarning «Iqlim o‘zgarishi va salomatlik: baho, indikatorlar, prognozlar» ma’ruzasiga tayanib.

Tadqiqotda ta’kidlanishicha, ortiqcha tana vazni anomal jazirama paytida yurak-qon tomir kasalliklari asorati va o‘lim xavfini oshirmaydi, aksincha, bunday issiqni yengil o‘tkazishga yordam beradi.

Olimlarning aniqlashicha, yog‘ to‘qimasining solishtirma issiqlik o‘tkazuvchanligi tanadagi boshqa to‘qimalarga nisbatan pastroq. Shu bois atrof-muhit harorati teri haroratidan yuqori bo‘lganda yog‘ qatlami tananing isishiga xalal beradi.

2003-yili Yevropada anomal jazirama qariyb 70 ming kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari, 2010-yilning iyul oyi kuzatuvlariga ko‘ra, tarixdagi issiq oy deb tan olindi.

Iyulda AQShdagi Nevada universitetining tadqiqot natijalari chop etildi. Unga ko‘ra, havo haroratining Selsiy bo‘yicha 40 darajagacha ko‘tarilishi asfaltni shu qadar kuchli qizdirib yubordiki, atigi bir necha soniyada odam terisini ikkinchi darajali kuydirishgacha yetadi. Xavfli guruhga harakati cheklangan, yosh bolalar, yo‘l transport hodisasida jarohatlanganlar kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring