Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senat bitta qonunni rad etdi

Senat bitta qonunni rad etdi

Foto: «Uza.uz»

Bugun – 2019-yil 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda. Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda, deb xabar berdi «O‘zA».

Majlisni Oliy Majlis Senati raisi N.Yo‘ldoshev ochiq deb e’lon qildi.

Yalpi majlis kun tartibiga 23 masala kiritilgan bo‘lsa, kecha ularning 15 tasi ko‘rib chiqildi. 14 qonun ma’qullandi va 1 qonun rad etildi.

Ma’qullangan qonunlar ichida «O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida», «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida», «Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida»gi yangi qonunlar bor. Shuningdek, ayrim qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi hamda ayrim xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilishga oid qonunlar ham ma’qullandi.

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun esa ayrim kamchiliklari tufayli rad etildi.

Ayni paytda senatorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Ulug‘bek Muhammadiyevning tuzilma 2018-yildagi faoliyatiga oid hisobotini eshitmoqda.

Bundan tashqari, majlisda O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining axboroti, Qashqadaryo viloyati hokimining hisoboti eshitiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, Bosh vazir o‘rinbosarlariga parlament so‘rovlari yuborilishi ham kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring