Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senat ilmiy ijod va axborot erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunni ko‘rib chiqdi

Senat ilmiy ijod va axborot erkinligini ta’minlashga qaratilgan qonunni ko‘rib chiqdi

Foto: Senat matbuot xizmati

Oliy Majlis Senatining yigirma uchinchi yalpi majlisida ishtirokchilari tomonidan «Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Qonunda ilmiy ijod va axborot erkinligi, samaradorlik va ijodiy raqobat, manfaatdorlik va rag‘batlantirish, ilmiy ekspertizaning xolisligi, inson hayoti va salomatligi, atrof tabiiy muhitga zarar yetkazmaslikdan iborat ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy prinsiplari belgilanmoqda.

Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasining asosiy tushunchalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, oliy ta’lim tizimi, shuningdek bo‘ysunuvida ilmiy tashkilotlar bo‘lgan vazirlik, idoralar hamda tashkilotlar, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari mustahkamlab qo‘yilmoqda.

Bundan tashqari, Qonunda ilmiy faoliyat sub’yektlari doirasi, ularning huquq va majburiyatlari, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy faoliyat yuritish tartibi ochib berilgan. Jumladan, belgilab qo‘yilishicha, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni bilan birga ilmiy faoliyat ham yuritiladi va ushbu muassasalarning pedagog kadrlari tegishli yo‘nalishlarda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishlari shart.

Ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, davlat ilmiy dasturlari, ilm-fan va ta’limning hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy bog‘liqligi, ilmiy darajali kadrlar tayyorlashga doir normalar mustahkamlanmoqda.

Qayd etilganidek, Qonun qabul qilinishi ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat barcha ishtirokchilarining samarali hamkorligini ta’minlashga, ilmiy faoliyat sohasidagi huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy munosabatlarni to‘liq tartibga solishga, tegishli masalalarni tartibga solishga, shuningdek ilm-fan sohasidagi tushunchalar uyg‘unlashtirilishi va bir xilda talqin etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi. Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring