Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senatorga murojaatdan so‘ng mahallada qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Senatorga murojaatdan so‘ng mahallada qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani «Neloba» mahallasida istiqomat qiluvchi aholi uzoq yillardan beri yangi transformatorga ehtiyoji borligi sabab turli joylarga qayta-qayta murojaat qilib kelishgan. Ammo, ushbu murojaat o‘z yechimini topmagan.

Mahalla ahli mazkur masala yuzasidan Senati a’zosi Abdug‘ani Sanginovga sayyor qabulda murojaat qilgan edi. Senator tomonidan bu murojaat ijobiy hal etib berildi. O‘rganishda mahalla aholisiga hozirgi kunda 7 dona beton ustun hamda 160 KVtlik transformatorni kuchlanishi kattaroq bo‘lganiga ehtiyojlari mavjudligi aniqlandi.

2020-yil 4-mart kuni ushbu masalalar bo‘yicha 7 dona beton ustun, 7 dona traurs, 28 dona izolyator, 1500 metr sim va 160 KVtlik transformator o‘rniga 250 KVt kuchlanishli yangi transformator o‘rnatilib, elektr tarmoqqa ulanib, foydalanishga topshirildi.

Shuningdek, tuman aholisini uzluksiz elektr toki bilan ta’minlash uchun Do‘stlik mahallasiga 5 dona beton ustun, 4 dona traurs, 16 dona izolyator, 1500 metr sim va 250 KVt kuchlanishli yangi transformator o‘rnatilib, elektr tarmoqqa ulanib, foydalanishga topshirildi.

Terakzor mahallasiga 10 dona beton ustun, 3000 metr sim va yangi transformator o‘rnatib berildi.

Tuman aholisini uzluksiz elektr toki bilan ta’minlash uchun Do‘stlik mahallasiga 5 dona beton ustun, 4 dona traurs, 16 dona izolyator, 1500 metr AS-35 markali sim va 250 KVT kuchlanishli yangi transformator o‘rnatilib tarmoqqa ulab foydalanishga topshirildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring