Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SEO agentligiga 100dan ortiq xizmat avtomashinalari berildi

SEO agentligiga 100dan ortiq xizmat avtomashinalari berildi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududlardagi markazlariga 130 dona xizmat avtomashinasi (30 dona Nexia 3 va 100 dona Damas) berildi.

Avtomashinalarning xaridi bilan bog‘liq xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga karshi kurashish jamg‘armasi hisobidan qoplandi.

Xizmat avtomashinalari birinchi navbatda transport vositalariga ehtiyoji bor, shuningdek, hududiy jihatidan yirik, aholisi gavjum bo‘lgan hududlarga ajratildi.

Ushbu xizmat mashinlari hududiy Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni ish faoliyatini har tomonlama ko‘llab-quvvatlash hamda koronavirus infeksiyasini oldini olish va unga qarshi kurashish uchun xizmat qiladi, deyiladi agentlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring