Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida yongan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi haqida ma’lumot

Sergelida yongan mahalla fuqarolar yig‘ini binosi haqida ma’lumot

Foto: Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi

Kecha, 15 iyulda Sergeli tumanida mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yonib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi tomonidan rasmiy ma’lumot berildi.

«15.07.2019 yil kuni soat 21:52da, Sergeli tumani, Yo‘ldosh 7-dahasida joylashgan «Al-Farg‘oniy» nomli mahalla fuqarolar yig‘ini binosining ichki qismi va jihozlari 50 kv.m. maydonida yongan. Yong‘indan binoning 250 kv.m. maydonidagi qurilmalar saqlab qolingan.

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 21:54da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 22:04da qurshab olinib, soat 22:20da bartaraf etilgan. Yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Sodir bo‘lgan yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring