Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «95 foiz elchimiz O‘zbekistonning na tarixini, na hozirgi ahvolini, na viloyatlarimizning sharoitini bilmas edi» (video)

Shavkat Mirziyoyev: «95 foiz elchimiz O‘zbekistonning na tarixini, na hozirgi ahvolini, na viloyatlarimizning sharoitini bilmas edi» (video)

Shavkat Mirziyoyev

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, bugun, 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatga xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish va ichki turizmni yanada rivojlantirish, sayyohlik xizmatlarini yaxshilash va turlarini kengaytirish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari tomonidan bu boradagi faoliyati tahlil qilindi, elchilarning hisoboti tinglandi. Davlat rahbari mazkur masala O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari faoliyati ustuvorlik kasb etishi, turizm sohasidagi xalqaro aloqa va hamkorlikni kengashtirish bilan bog‘liq masalalar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi:

— Mana biz bir yilda juda katta ishlar qildik. Juda katta to‘siq bo‘lgan masalalarni hamma narsani inobatga olib qaror qabul qildik. Hamma viloyatlarga investitsiyani qo‘llab-quvvatlash, turistik salohiyati bor viloyatlar — Samarqand, Buxoro, Xorazm va boshqalarga viloyat hokimining turizmni rivojlantirish  bo‘yicha tizim berdik. Har bir turist ham investitsiya degani. Qaysi davlatda bunday ajdodlar, allomalar bor, bunday shaharlar bor? Qani aytinglar?! Bor davlatlar imkoniyatdan qanday to‘g‘ri foydalanayapti?!

Elchilarni viloyatlarga yubordim, nimaga desangiz to‘qson besh foiz elchimiz O‘zbekistonning na tarixini, na hozirgi ahvolini, na viloyatlarimizning sharoitini bilmas edi. lekin bu safar bir oy hammasiga nima qilish kerak, tushuntirdik. Birinchi marta yigirma besh-yigirma olti yilda! O‘zim uchrashdim. Lekin, mana, vaqt shiddat bilan o‘tib ketayaptiki, ertaga yil yakuni bilan natija nima bo‘ladi degan savolni ko‘ndalang qo‘yamiz har bittasiga. Martda nima bo‘ladi, aprel-mayda nima bo‘ladi, yil yakuni bo‘yicha turistlar oqima qanchani tashkil etadi, ziyorat turizmi nima bo‘ladi, umumiy turizm nima bo‘ladi, kim mas’ul, kim javobgar?! Mana shunday tizim bilan ishlaymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring