Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident bloger va jurnalistlar bilan selfi tushdi (foto+video)

Prezident bloger va jurnalistlar bilan selfi tushdi (foto+video)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Samarqandda bo‘lib turibdi. Bir necha daqiqalar muqaddam Prezident blogerlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiyev Prezidentga minnatdorchilik bildirdi.

— Hali biror marta O‘zbekistonda blogerlarga bunday imkoniyatlar berilmagan edi. Nafaqat ijtimoiy, balki ta’lim, siyosat va boshqa sohalarda ham katta imkoniyatlar berilyapti.

Hozir mana yuzlab blogerlar bilan suhbatda bo‘ldik, hamma sizdan juda minnatdor. Bunda sizning hissangiz juda katta.

Xorijiy do‘stlarimiz va mahalliy blogerlar nomidan sizga minnatdorchilik izhor qilaman, — deydi Xushnud Xudoyberdiyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring