Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘xtaldi

Shavkat Mirziyoyev uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘xtaldi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident aholini qiynayotgan uy-joy bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tdi.

Uch yil avval aholini uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha bozor tamoyillariga asoslangan yangi ipoteka tizimi joriy etildi.

Natijada, o‘tgan besh oyda ipoteka kreditlari hajmi 2,5 baravarga oshib, 310 mingdan ziyod oila shaxsiy uy-joyga ega bo‘ldi. Uy-joy qurilish hajmi ham 3 baravar oshdi.

Shu o‘rinda, joriy yilda asosiy stavka oshganiga qaramay, ipoteka kreditlari bo‘yicha banklarga ajratiladigan resurs stavkalari o‘zgarishsiz qoldirildi.

Natijada, shu yilning besh oyida 30 ming nafar yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 baravarga ko‘p fuqarolarga imtiyozli ipoteka krediti ajratildi.

Lekin, ipoteka kreditlarining cheklangan hajmi va subsidiya ajratishda byurokratiya bo‘yicha aholi tomonidan ko‘plab e’tirozlar bildirilmoqda.

Shuning uchun, mutasaddilarga 1 sentyabrdan boshlab:

- aholi daromadining kreditga yo‘naltiradigan qismini soliqdan ozod qilish chegarasini oshirish;

- ipoteka kreditini ajratishda aholi daromadlari bo‘yicha tijorat banklariga qo‘yiladigan talablarni yengillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Mutasaddilarga ikki hafta muddatda subsidiya ajratishda byurokratiyani keskin qisqartirish, uni ochiq-oshkora qilib, to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha taklif kiritish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida tarmoqlar va hududlar rahbarlarining hisoboti tinglandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring