Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shotlandiyada qani endi bolalarga qo‘l ko‘tarib ko‘rsin-chi?!

Shotlandiyada qani endi bolalarga qo‘l ko‘tarib ko‘rsin-chi?!

Foto: «Intex-press.by»

Shotlandiya aholisiga tarbiyalash maqsadida farzandlarini urish taqiqlab qo‘yildi. Bu haqda «Express and Star» axbrot portali xabar berdi.

16 yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismoniy jazolashni taqiqlovchi yangi qonun Shotlandiya parlamenti tomonidan o‘tgan yili ma’qullangandi. Qonun 7-noyabr kuni kuchga kirdi. Avvalroq Shotlandiyada ota-onalar va vasiylarga bolalarni bunday usulda jazolashga ruxsat berilgandi.

1979-yilda Shvetsiya dunyoda birinchi bo‘lib bolalarga qo‘l ko‘tarishni taqiqlagan mamlakatga aylandi. Shotlandiya esa undan o‘rnak olgan 57-davlat hisoblanadi. 2021-yil yanvarda shunga o‘xshash qonun Uelsda ham ma’qullanishi kutilmoqda. Agar qonun qabul qilinsa, 2022-yildan kuchga kiradi. Angliya va Shimoliy Irlandiya bunday qonun loyihasini qabul qilishni hozircha rejalashtirmayapti.

«Shotlandiya Buyuk Britaniyada bolalarni jismoniy zo‘ravonlikdan himoya qiladigan qonunni qabul qilgan birinchi mamlakatga aylanganidan xursandman, — deya ta’kidladi bolalar huquqlari bo‘yicha mas’ul Meri Todd. — Bolalarga nisbatan shafqatsizlikni oqlab bo‘lmaydi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring