Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shuhrat G‘aniyev tadbirkorning onasiga «Malibu» sovg‘a qildi

Shuhrat G‘aniyev tadbirkorning onasiga «Malibu» sovg‘a qildi

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati

Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniyev Qo‘shtepa tumanidagi «FERGANA GLOBAL TEXTILE» MChJ rahbari Mo‘minjon Razzoqovning onasi Hovaxon Madaminovaga vatanimiz ravnaqi, xalq farovonligi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan farzand tarbiyalagani uchun tashakkurnoma bildirdi va «Malibu» avtomashinasini sovg‘a qildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Paxta tayyorlash yillik rejasini mamlakatda birinchilardan bajargan Qo‘shtepa tumani dehqonlari bugungacha rejadagi 19900 tonna o‘rniga 21700 tonnadan ziyod paxta xirmonini uyushga erishganlar. Bunda «FERGANA GLOBAL TEXTILE» MChJ va uning rahbari Mo‘minjon Razzoqovning hissasi katta. Klaster usulida paxta yetishtirgan qo‘shtepalik dehqonni «FERGANA GLOBAL TEXTILE» MChJ erta bahordan zarur texnik vositalar, yetarli miqdorda kimyoviy va mineral o‘g‘it, biologik ishlov berish vositalari bilan o‘z vaqtida ta’minlab turdi, deyiladi xabarda.

Agar ilgari fermer xo‘jaliklari ish yuritishda bank kreditiga bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, endi bu vazifani klaster tashkilotchisi o‘z zimmasiga oldi. Ayniqsa, yetishtirgan paxtani yig‘ib terib olish chog‘ida katta tashkilotchilik ko‘rsatdi. Kunlik ish haqi to‘lash tizimi tashkil etildi. Natijada garchi Qo‘shtepa tumani bugungacha rejani 110 foizga bajargan bo‘lsada, daladagi hosilni to‘liq yig‘ib olgach, yana kamida 10 foizlik o‘sishga erishishi kutilyapti.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring