Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sirdaryo IES qurilish» ishchilarining to‘lanmayotgan maoshlari undirib berildi

«Sirdaryo IES qurilish» ishchilarining to‘lanmayotgan maoshlari undirib berildi

Foto:«Xabar.uz»

«Sirdaryo IES qurilish» unitar korxonasining 7 nafar xodimiga to‘lanmay qolgan jami 22 million 939 ming so‘m oylik maoshi undirib berildi. Bu haqda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi xabar qilmoqda. 

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi fuqaro A.Turdiboyev va boshqalarning ish haqi o‘z vaqtida berilmaganidan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganib chiqilgan.

O‘rganish davomida «Sirdaryo IES qurilish»  unitar korxonasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining  «Ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishiga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi qarori talablari qo‘pol buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 17-noyabrdagi «Ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar rahbarlarining javobgarligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi  qarori hamda Mehnat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar xodimga bajargan ish uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shartligi belgilangandi.

Ushbu holat yuzasidan xodimlar manfaatini ko‘zlab Fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan va sud hukmiga asosan javobgardan da’vogar foydasiga ish haqi undirilishi ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring