Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sirdaryo viloyati IIB: 2019-yilning 2 oyi bo‘yicha viloyatda jinoyatchilik 30 foizga kamaydi

Sirdaryo viloyati IIB: 2019-yilning 2 oyi bo‘yicha viloyatda jinoyatchilik 30 foizga kamaydi

Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidentining «Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, fuqarolar yig‘inlari raislari, faollari, profilaktika inspektorlari va ularning yordamchilari, «Mahalla posboni» va «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul guruhlari a’zolarini fuqarolarning huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi xizmatlari uchun taqdirlash belgilab berilgandi.

Viloyat IIB matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida olib borilgan profilaktik ishlar natijasida 2019-yil 2 oy yakuni bo‘yicha viloyat xududida jinoyatchilikni sodir etilishi 30 foizga kamayishiga erishildi.

Foto: Sirdaryo viloyati IIB matbuot xizmati

Amalga oshirilgan mehnatlarning maxsuli sifatida, 2019-yil yanvar va fevral oylari yakuni bo‘yicha ijobiy natijani qayd etgan 126 nafar profilaktika inspektorlari, 25 nafar mahalla fuqarolar yig‘inlari raislar va 12 nafar mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-kizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislari hamda 14 nafar mahalla posbonlari, 11 nafar «Fidokor yoshlar» jamoatchilik patrul a’zolarini bir yuz yigirma sakkiz million besh yuz ming so‘m pul bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Guliston shaxrining «Bilimdonlar maydoni»da viloyat sektor raxbarlari ishtirokida tantanali ravishda o‘tkazildi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring