Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sirdaryo viloyati mutasaddilaridan ichimlik suvi muammosi bo‘yicha javob keldi

Sirdaryo viloyati mutasaddilaridan ichimlik suvi muammosi bo‘yicha javob keldi

Foto: «un.org»

Tahririyatimizga Sirdaryo viloyati Xovos tumani Islomobod mahallasi Istiqlol ko‘chasida yashovchi fuqaro F.H. o‘zi yashaydigan hududda ichimlik suvi yo‘qligidan arz qilgan edi.

«Men sizlarga Sirdaryo viloyati Xovos tumanidan yozyapman. Mana necha yildirki, toza ichimlik suviga zormiz, suvimiz judayam sho‘r, shirin suv keladi, deb va’da berishganiga ancha bo‘ldi, lekin suvdan darak yo‘q», deb yozgandi fuqaro.

Sirdaryo viloyat «Suvoqova» DUK tomonidan saytimizga ushbu masala yuzasidan javob xati keldi. Mazkur manzilga Xovos tuman temir yo‘l korxonasi hisobidagi maxsus suv tashuvchi avtotransport orqali 25 tonna ichimlik suvi tasdiqlangan grafik asosida haftasiga ikki marta mahalla aholisiga yetkazib berilmoqda.

«Viloyat aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha Jahon bankining mablag‘lari hisobidan 2018 yil yakuniga qadar Xovos tumani mahallalariga, shuningdek, Istiqlol mahallasiga Jizzax viloyatining Zomin suv inshootidan tortiladigan yangi magistral suv quvuriga ulab beriladi va ichimlik suvi bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan», deyiladi xatda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring