Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash tizimida 31 nafar rahbar ishdan bo‘shatildi

Sog‘liqni saqlash tizimida 31 nafar rahbar ishdan bo‘shatildi

Tug‘ruq muassasalarida ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va shifokorlarning turli noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan aholi o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilanyapti va uning ijrosi ta’minlanmoqda, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabarida.

– Respublikadagi barcha tug‘ruq muassasalarida 2635 nafar akusher-ginekolog faoliyat yuritadi. Joriy yilning o‘tgan 9 oyida 507 131 ta tug‘ruq qayd etilgani ham ular mehnati nihoyatda mas’uliyatli ekanidan dalolat, – deydi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. – Oilalarga quvonch va baxt ulashguvchi ushbu shifo maskanlarida korrupsiya ko‘rinishlariga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Zero, har bir ota-ona farzandli bo‘lar ekan, ushbu muassasadan rozi bo‘lib chiqib ketishi kerak. Afsuski, ayrim holatlarda shifokorlarning noqonuniy xatta-harakatlariga guvoh bo‘lamiz. Bunday noxush holatlarga qarshi yanada jiddiy kurash olib borilmoqda. So‘nggi yillarda vazirlik tomonidan homiladorlarga perinatal yordam ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida olib borilgan ishlar va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan respublikadagi tug‘ruq muassasalari rahbarlaridan 31 nafari lavozimidan ozod etilgan va intizomiy choralar qo‘llanilgan.

Soha muassasalari holatini tizimli o‘rganish va muammolarni bartaraf etishni yo‘lga qo‘yish, jumladan, onalik va bolalikni muhofaza qilish muassasalarida ijobiy ma’naviy muhitni shakllantirish, tibbiy va xo‘jalik xizmati xodimlarini o‘rnatilgan mehnat tartibiga amalga qilishga erishish, statsionar xizmat sifatini oshirish, tibbiyot maskanlarida ta’magirlik va poraxo‘rlik holatlarining oldini olish, tug‘ruq komplekslaridagi bemorlar orasida so‘rovnoma o‘tkazishni tiklash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligida monitoring o‘tkazish uchun ishchi guruhlar tashkil etildi.

Ushbu ishchi guruhlar joriy yil 15-oktyabrdan Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan tug‘ruq muassasalari, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy va Respublika perinatal markazlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinik tug‘ruq hamda 3-klinikasi ginekologiya bo‘limlari faoliyatini o‘rganishmoqda.

27-oktyabrga qadar davom etadigan monitoring natijalari chuqur o‘rganilib, tahlil etiladi hamda mavjud kamchiliklar bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar belgilab olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring