Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bo‘yicha yopiq yig‘ilish o‘tkazilganini inkor qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bo‘yicha yopiq yig‘ilish o‘tkazilganini inkor qildi

Foto:«Xabar.uz»

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining kirib kelganligi, hattoki, Olmaliq shahrida ushbu virus tufayli 17 nafar fuqaro vafot etganligi haqidagi audioxabar tarqalgandi.

«Ushbu xabar mutlaqo asossiz va yolg‘on. Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yopiq yig‘ilish o‘tkazilganligi haqidagi iddao ham umuman asossiz. Aslida koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasidagi amalga oshirilayotgan barcha chora-tadbirlar haqida keng jamoatchilik muntazam xabardor qilib borilmoqda.

Takror bo‘lsa-da, aytib o‘tish lozimki, dunyodagi epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining oldini olish borasida barcha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon qat’iy nazoratga olingan» -, deyiladi SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Jumladan, davlat chegaralarida mavjud 53 ta sanitariya-karantin punktlariga qo‘shimcha shifokor mutaxassislar, zarur tibbiy jihozlar, jumladan, teplovizor va kontaktsiz termometrlar, shaxsiy himoya vositalari ajratilib, faoliyat samaradorligi kuchaytirildi.

Mazkur punktlardan o‘tayotgan har bir fuqaroning yashash joyi bo‘yicha ma’lumotlar olinib, birlamchi tibbiyot muassasalari tomonidan tibbiy kuzatuv yo‘lga qo‘yilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 15-yanvaridan ayni paytga qadar mamlakatimiz bo‘yicha 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olingan fuqarolardan 5082 nafarida hech qanday infeksiya alomatlari aniqlanmaganligi uchun kuzatuvdan chiqarilgan, 2214 nafar fuqarolarda esa tibbiy kuzatuv davom ettirilmoqda.

Ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq biron bir holat aniqlanmagan.

Olmaliqdagi vaziyat yuzasidan shahar tibbiyot birlashmasi rahbari bayonoti ham e’lon qilingandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring