Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega soppa-sog‘ odamga o‘lim xavf soladi? Tadqiqotchilar sirni topgandek bo‘lishdi

Nega soppa-sog‘ odamga o‘lim xavf soladi? Tadqiqotchilar sirni topgandek bo‘lishdi

Foto: «Spordimeditsiini SA»

Amerika olimlari (Massachusets texnologiya instituti hamda Garvard universiteti hamkorlikda) sog‘lom odamlarning kutilmaganda o‘lim topishi sirini topish tomon muhim qadam tashlashdi, deyiladi «MedicalXpress»da chop etilgan tadqiqotda.

Xabarlarga ko‘ra, har yili soppa-sog‘, umri davomida hech qachon yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rimagan taxminan 220 ming nafar inson favqulodda o‘lim topadi. Buning siri nimada?

Olimlarning fikricha, sir DNKda yashiringan bo‘lishi mumkin.

Favqulodda o‘limga oid 600 ta holat tahlil qilindi. DNKning barcha aniqlangan variantlari ko‘rib chiqildi va shundan 15 tasi klinik muhim patogen variant sifatida tasniflandi.

Shundan so‘ng olimlar o‘rta yoshli 4525 nafar kishi ustida favqulodda o‘lim riskini aniqlashga kirishib, 41 nafarida (bu taxminan 0,9 foiz) o‘sha patogen variant mavjudligini aniqlashdi.

«Bu kashfiyot genetik testdan o‘tkazish kutilmaganda o‘lim topish xavfiga ro‘para kelishi mumkin bo‘lgan insonlarni oldindan aniqlash mumkinligini ko‘rsatadi», — dedi tibbiyot fanlari doktori, kardiolog Amit V.Xera.

Genetik omillar kasallik xavfiga qanday ta’sir o‘tkazishini bilish uchun tadqiqotchilar ayrim Amerika shifoxonalarini o‘z dasturlariga qo‘shishdi. Olimlar bemorlarni o‘rganishadi va «xavf ostidagi» bemorlar uchun individual profilaktik dasturlar ishlab chiqishni rejalashtirishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring