Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Soqqa»ni sanang, hokim qarorini chiqarish bizga tan!»

«Soqqa»ni sanang, hokim qarorini chiqarish bizga tan!»

Namanganda 5 gektar yer maydoni savdosi «pishmadi».  Ikki sherik - J. A. va X. R. bir bo‘lib, fuqaro M.ga «D.» xususiy korxonasiga qarashli 5 gektar yer maydonini unga bog‘ tashkil qilish uchun tuman hokimi qarorini chiqartirib  berishga ishontirishdi go‘yo. Bekorga emas, albatta. Buning «xizmat» bahosi aytishdi: 10 ming «ko‘ki»dan ham ko‘proq ekan.  M. rozilik bildirdi: «xo‘p, gaplashamiz». Keyingi suhbat tergovchi huzurida bo‘ldi. Chunki, «xaridor» to‘g‘ri tegishli organga murojaat qilgan, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Namangan viloyat boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda «hojatbarorlar» 7 500 AQSh dollari va 26 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangandi-da.

Bosh prokuratura matubot xizmatiga ko‘ra, ayni paytda ularga nisbatan firibgarlik (168-modda) alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu jarayonda jinoyat ishi bo‘yicha boshqa figurantlar paydo bo‘lishi ehimoldan holi emas.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring