Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV tizimida yangi tayinlov amalga oshdi

SSV tizimida yangi tayinlov amalga oshdi

Foto: SSV

O‘zbekiston Respublikasi Cog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan  Mo‘minov Solijon Jalilovich Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali  direktori etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Tibbiyot fanlari nomzodi Solijon Mo‘minov ko‘p yillar Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi  Namangan filialida reanimatsiya bo‘limi vrach-kardioreanimatologi, kardiologiya bo‘limi vrach-kardiologi,  yurak aritmiyasi  bo‘limi boshlig‘i, muassasa bosh vrachi kabi qator vazifalarda ishlagan, 2014-yildan beri Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Solijon Mo‘minov 2010-2014, 2015-2019-yillarda Oliy Majlis Senati a’zosi sifatida ham faoliyat olib borgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring