Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Statqo‘m: O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishi kuzatilgani yo‘q

Statqo‘m: O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishi kuzatilgani yo‘q

Foto: Xabar.uz

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan hududiy markaziy dehqon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari bo‘yicha ma’lumot berildi. 

2021-yil 8 sentyabr holatiga ko‘ra:

Suyakli mol go‘shti (1 kg) - 45000 – 68000 so‘m;

Qo‘y go‘shti (1 kg) - 52000 – 80000 so‘mni tashkil etgan. Ushbu narxlar bir necha oydan beri o‘zgargani yo‘q. 

Shuningdek, kartoshka (1 kg) - 1800 – 5000 so‘m;

Piyoz (1 kg) -  800 – 3000 so‘m;

Sabzi (1 kg) - 2000 – 9000 so‘m;

Tuxum (10 dona) - 5000 – 14000 so‘m;

Guruch (1 kg) - 5000 – 18000 so‘m;

O‘simlik yog‘i (1 l) -  14000 – 24000 so‘m;

Shakar (1 kg) - 7500 – 9000 so‘mni tashkil etmoqda. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxida o‘zgarish kuzatilmagan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring