Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sun’iy nafas olish apparatiga ulangan» — xonanda Zohid Risqiyevning ahvoli haqida ma’lumot berildi

«Sun’iy nafas olish apparatiga ulangan» — xonanda Zohid Risqiyevning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Kuni kecha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi oldida «Ummon» guruhining sobiq xonandasi Zohid Risqiyev boshqaruvidagi BMW mashinasi YTHga uchragani xabar qilingandi.

SSV xabariga ko‘ra, Yunusoboddagi avtohalokatda jarohat olgan ikki bemor jonlantirish bo‘limida, yana biri uyda davolanmoqda.

«Poytaxtimizdagi davolash muassasasiga olib kelingan avtomashina boshqaruvchisi Z.R.ga «Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Chap yelka sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi. Koma 1-2 daraja» tashxisi qo‘yilgan.

Tibbiyot xodimlari tomonidan bemor boshidagi jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovi berilgan. Og‘riqsizlantirilib, IVL appartiga ulangan. Bosh qismi MSKT, ichki a’zolari esa UTT kabi barcha zaruriy tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Ayni paytda Z. R. jonlantirish bo‘limida.  Sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Unga barcha tegishli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, «Bosh miya ochiq jarohati. Bosh miya lat yeyishi. Bosh tepa sohasining ezilib yirtilgan jarohati. Ko‘krak qafasi lat yeyishi» diagnozi qo‘yilgan yo‘lovchi J.Y. ham jonlantirish bo‘limida zarur davo muolajalarini olmoqda. Uning ahvoli o‘rta og‘ir. Xushida.

Bemor J.I da esa «Bosh miya yopiq jarohati. Bosh miya chayqalishi. Chap tomon yuqori qovoq, o‘ng tomon jag‘ osti va bo‘yin sohalari ezilib yirtilgan jarohatlari» aniqlangan.

Unga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilib, zarur muolajalar o‘tkazilgach, ahvoli qoniqarli bo‘lgani  uchun ambulator sharoitda davolanishi uchun uyiga javob berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ayni paytda bemorlar salomatligini o‘z nazoratiga olgan. Muolaja jarayonlari uchun yetakchi tibbiyot mutaxassislari jalb qilingan», deyiladi SSV xabarida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu YTH natijasida 1994 yilda tug‘ilgan X.S. esa voqea joyida vafot etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring