Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy tuxumlar bo‘yicha rasmiy ogohlantiruv berildi

Sun’iy tuxumlar bo‘yicha rasmiy ogohlantiruv berildi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali respublikamiz bozorlarida, xususan, «O‘rikzor» savdo kompleksida sun’iy tuxumlar sotilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi ogohlantiradi, deb xabar berdi «O‘zA».

Mazkur holat yuzasidan 2019-yil 22-fevral kuni «O‘rikzor» savdo kompleksi MChJga qarashli do‘konlarda monitoring, ya’ni parranda tuxumi bilan savdo qiluvchi tadbirkorlar bilan birma-bir suhbat o‘tkazilib, savdo yurituvchilarga sanitariya, xususan tibbiy daftarchalarga ega bo‘lish hamda mahsulotlarga beriladigan veterinariya ma’lumotlarini taqdim etish talablari qo‘yildi.

Shuningdek, savdoda bo‘lgan tuxumlardan namunalar olinib, har bir sotuvchining o‘zi guvohligida qisqa muddatli ko‘rgazmali tekshiruv o‘tkazildi.

Xulosalarga ko‘ra, tekshiruv davomida tuxum namunalari iste’molga yaroqli ekani aniqlandi.

Savdo kompleksi ma’muriyati VSEL, DSNEM, Toshkent shahar hokimligi «Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi» DUK tomonidan o‘zaro axborot almashishga kelishib, nazorat kuchaytirildi, deyiladi federatsiya axborotida.

Go‘yoki «O‘rikzor» savdo kompleksida sun’iy tuxumlar sotilayotgani haqidagi video:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring