Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryo viloyati hokimiga ikkita o‘rinbosar tayinlandi

Surxondaryo viloyati hokimiga ikkita o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

2019-yilning 19-sentyabr kuni Surxondaryo viloyati hokimligida faollar yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi To‘ra Bobolov, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, hokimlik apparati mas’ul xodimlari, shahar, tumanlar hokimlari, ularning o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar rahbarlari, shuningdek, Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi. 

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Choriyev Ro‘zimurat Kungratovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi.

Shu kungacha Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Begimqulov Chori Rahmonovich viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Ma’lumot o‘rnida, Begimqulov Chori Rahmonovich 1974-yilning 10-oktyabrida Sherobod tumanida tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2017-yilda TDAU Termiz filiali direktori etib tayinlangunga qadar Toshkent davlat agrar universitetida samarali faoliyat yuritgan.

Gapparov Rahmatullo Boboxonovich Qumqo‘rg‘on tumani hokimi etib tasdiqlanishi munosabati bilan shu kungacha Qumqo‘rg‘on tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Samatov Xolmamat Jo‘rayevich viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumot o‘rnida, Samatov Xolmamat Jo‘rayevich 1965-yilning 25-avgustida Denov tumanida tug‘ilgan. 1987-yilda Toshkent qishloq xo‘jaligi instituti, 1993-yilda Moskva qishloq xo‘jaligi akademiyasini tamomlagan. 2019-yilning 27-fevralida Qumqo‘rg‘on tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi tizimida, viloyat hokimligida turli vazifalarda, 2009-2016-yillarda Oltinsoy tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring