Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda deputatlikka nomzodlar bilan maxfiy suhbat o‘tkazildimi? Rasmiy bayonot

Surxondaryoda deputatlikka nomzodlar bilan maxfiy suhbat o‘tkazildimi? Rasmiy bayonot

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida deputatlikka va mahalliy kengashlarga raislikka nomzodlar bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazilgani haqida xabarlar tarqab ketgan edi. Surxondaryo viloyati hokimligi bu xabarlarga rasmiy bayonot bilan javob berdi va quyidagilarni ma’lum qildi.

«Xabarda aytilgan suhbat bo‘lg‘usi deputatlikka, mahalliy kengashlarga raislikka nomzodlar bilan emas, balki turli sohalarda namunali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan viloyat faollari bilan o‘tkazilgan.

Suhbat davomida viloyatda Mustaqillik bayramiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil etish, aholiga Harakatlar strategiyasi, «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» davlat dasturi, «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Har bir oila – tadbirkor», «Yoshlar – kelajagimiz» va «Besh ijobiy tashabbus» kabi muhim dastur hamda rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyatini yetkazish yuzasidan fikr almashilgan», — deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring