Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Surxondaryoda diniy ekstremistik oqimga kirib qolganlardan xabar olindi

Surxondaryoda diniy ekstremistik oqimga kirib qolganlardan xabar olindi

Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh. Satvoldiyev Sho‘rchi tumanida bo‘lib, diniy ekstremistik oqimlarga aloqadorligi tufayli jazoni ijro etish muassasalarida tegishli jazo muddatini o‘tab qaytgan, hisobdan chiqarilgan va hisobda turgan shaxslar hamda ularning oila a’zolari bilan uchrashdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019 yil 10 yanvardagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshirig‘i ijrosi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda ularning oila a’zolari bilan ham suhbatlashib, turmush tarzi va ijtimoiy muammolarini o‘rgandi. Tumandagi Zarbdor, Kattasavur, Sovjironbobo, Qo‘shtegirmon, Bobur nomli mahallalarda yashovchi ana shunday shaxslar xonadonida o‘tkazilgan muloqotlarda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i turli oqim va guruhlarga adashib kirib qolgan hamda o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lgan shaxslarning to‘g‘ri hayotga qaytishiga Prezidentimiz katta ishonch bildirganini alohida ta’kidlab, ular uchun barcha sharoitlar yaratilganini qayd etdi.

Xususan, Z. Akbarov, E.To‘raxonov, T.Qudratov N.Ermatovlar oilasida o‘tkazilgan suhbatlarda turmush sharoiti ham o‘rganilib, zarur maslahatlar berdi. Oilalariga un, shakar, yog‘ va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Denov tumanida ham xuddi shunday uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring