Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Surxondaryoda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar maktabida bolalar polda uxlashga majbur bo‘lmoqda (foto)

Surxondaryoda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar maktabida bolalar polda uxlashga majbur bo‘lmoqda (foto)

Foto:«Xabar.uz»

«Xabar.uz»ga Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanida joylashgan viloyat ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarni o‘qitishga ixtisoslashgan maktab internatidagi sharoitlar yuzasidan murojaat kelib tushdi. 

Murojaatda ma’lum bo‘lishicha, maktabda bola soni ko‘p, yotish uchun joy yetishmovchiligidan bolalar kutubxonada, polni ustida ko‘rpa to‘shab tunashga majbur bo‘lishmoqda. 

Foto:«Xabar.uz»

Shuningdek, sovuq kunlarda yotoqxona va sinfxonalarni isitish juda sust. O‘tgan yili sovuq xonalarda dars mashg‘ulotlari olib borilgan. Ma’lum bo‘lishicha, tekshiruvlar vaqtidagina sinf xonalari isitiladi, boshqa vaqtlarda yana o‘sha eski ahvol davom etadi. 

«Bolalar uchun o‘yin maydonchasi, sport zali, hammom, o‘qituvchilar xonasi, ma’naviyat xonasi, yoshlar yetakchisi xonasi, ayrim fan xonalari, tadbirlar zali ham yo‘q. Oshxona juda kichik. Bu muammolarning bir qismi xolos» deyiladi murojaatda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring