Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sutni ko‘p iste’mol qilish saratonga sabab bo‘lishi mumkin — olimlar

Sutni ko‘p iste’mol qilish saratonga sabab bo‘lishi mumkin — olimlar

AQShning Loma Linda universiteti olimlari tadqiqotlariga ko‘ra, ko‘proq sut iste’moli ayollarda ko‘krak bezi saratoni xavfini oshirishi mumkin. Bu haqda «Mirror» xabar berdi.

Tadqiqotni olib borgan doktor Gari Freyzer shunday dedi: «Kuniga atigi chorak stakan sut iste’mol qilish ko‘krak saratoni xavfi 30 foizga oshiradi. Kuniga bir stakan sut ichganda, saraton bilan bog‘liq xavf 50 foizgacha oshishi mumkin. Kuniga 2-3 stakan ichganlarda xavf 70-80 foizgacha ko‘tariladi».

Tadqiqotda tadqiqotchilar AQShda 53000 ga yaqin ayollarning parhezlarini tahlil qilishdi. Ularning barchasi dastlab saraton kasalligidan aziyat chekmagan va deyarli sakkiz yil davomida kuzatilgan.

Sakkizinchi yil oxirida 1057 ayolga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yildi.

Doktor Freyzerning aytishicha, «sut mahsulotlarini soya yog‘iga almashtirish xavfning sezilarli darajada kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring