Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SSV Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasidagi holat yuzasidan tekshiruv boshladi

SSV Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasidagi holat yuzasidan tekshiruv boshladi

Foto: «O‘zA»

Sog‘liqni saqlash vazirligi internet saytlarida e’lon qilingan Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasida ro‘y bergan holatga izoh berdi.

1994-yilda tug‘ilgan fuqaro A.I. Toshkent shahar ruhiy kasalliklar klinik shifoxonasiga joriy yilning 16-aprel kuni sog‘lig‘i yuzasidan maxsus psixiatriya tez yordami mashinasi orqali olib kelingan va o‘sha kuni shifoxonaga joylashtirilgan. Bemorning ruhiy holatidagi o‘zgarishlar tufayli unga atrofdagilar dushmandek ko‘ringan, shu sababli u atrofdagilardan shubhalangan va bezovta bo‘lgan.

Ruhiy holatiga ko‘ra, bemorga tegishli muolajalar qilinishi boshlangan, shu qatorda tinchlantiruvchi psixotrop dori vositalari qo‘llanilgan. Qayd etish lozimki, ayrim dori vositalari organizmni bushashtiradi, tinchlantiradi va uyquchanlik chaqiradi.

Joriy yil 22-aprelda ro‘y bergan videotasvirdagi jarayon yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi huquq-tartibot organlari bilan birgalikda tezkor ravishda xizmat tekshiruvini boshladi.

Eslatib o‘tamiz, shifoxonada qonuniylik va tartibni saqlash maqsadida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali tunu-kun videoyozuv olib boriladi. Agarda xodimlar tomonidan bemorlarga nisbatan asossiz kuch ishlatish, nafsoniyatga tegish, qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari aniqlansa, tabiiyki, tegishli qonuniy choralar ko‘riladi, deyiladi SVV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring