Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Takroriy ovoz berishni yoritmoqchi bo‘lgan blogerga qarshilik ko‘rsatildi

Takroriy ovoz berishni yoritmoqchi bo‘lgan blogerga qarshilik ko‘rsatildi

Bugun, 5 yanvar kuni Samarqand shahridagi 74-saylov uchastkasida takroriy ovoz berish jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri internetning feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali bevosita yoritib borayotgan bloger Temur Sattorov o‘ziga nisbatan saylovchilardan biri, fuqaro J.U. qarshilik ko‘rsatib, turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganligi yuzasidan viloyat saylov komissiyasiga murojaat qildi.

Ushbu holat viloyat saylov komissiyasi raisi va a’zolari, Markaziy saylov komissiyasi xalqaro matbuot markazi viloyat bo‘limi, Samarqand shahar ichki ishlar idoralari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda bloger Temur Sattorov ishtirokida muhokama etildi.

O‘rganish davomida fuqaro J.U. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 8, 35-moddalariga asosan ovoz berish jarayonini akkreditatsiyadan o‘tgan holda tasvirga olib, yoritayotgan bloger T. Sattorovni qonunga zid holda haqorat qilganligi oydinlashdi.

Shundan so‘ng bloger T. Sattorov tegishli tartibda Samarqand shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qildi.

Ayni paytda ushbu murojaat o‘rganilmoqda. Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyati bo‘limi

Manba: zarnews.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring