Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Talabalarni majburiy mehnatga jalb etgan universitet rahbarlari vazifasidan ozod etildi

Talabalarni majburiy mehnatga jalb etgan universitet rahbarlari vazifasidan ozod etildi

Yodingizda bo‘lsa, bundan bir necha kun muqaddam «Qoraqalpog‘istonda majburiy mehnat — universitet kafedra mudiri talabalarni o‘z fermer xo‘jaligida ishlashga majburladi» nomli maqola e’lon qilgan edik.

Maqolada Qoraqalpoq davlat universiteti Ximiya-texnologiya kafedra mudiri Maxset Ayimbetov talabalarni o‘zining «Shortanbay tangi» fermer xo‘jaligiga dala ishlariga majburiy turda mehnatga jalb qilgani aytilgan edi.

O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rasmiy saytida yozilishicha, ushbu voqea yuzasidan o‘rganish olib bordi. O‘rganishlar jarayonida maqolada aytilgan voqealar o‘z isbotini topdi.

Shundan so‘ng universitetning kimyo-texnologiya kafedrasi mudiri M.Ayimbetov hamda kimyo-texnologiya fakulteti dekani R.Kurbaniyazov egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.


Oliy ta’lim vazirligi faoliyatiga oid xabarlardan birinchilardan bo‘lib voqif bo‘lishni istasangiz, vazirlikning «Telegram»dagi rasmiy kanaliga a’zo bo‘ling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring