Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi

Taniqli olim Ubaydulla Uvatov vafot etdi

Ubaydulla Uvatov.

Butun umrini ilm-fanga baxshida qilgan taniqli olim, tarix fanlari doktori, professor Ubaydulla Uvatov 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Qashqadaryo viloyat vakilligi xabar berdi.

Ubaydulla Uvatov 1940-yil 23-fevralda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida tavallud topgan.

Ubaydulla Uvatov yurtimiz allomalari ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish va jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan 200dan ortiq maqola, 50ga yaqin kitob va risolalar nashr ettirgan va ko‘plab shogirdlar tayyorlagan.

Olimning xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib qadrlanib, «Mehnat shuhrati» ordeni, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni va «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

U.Uvatov 2017-yildan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

«Xabar.uz» jamoasi marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik tilaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring