Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Taniqli shoir sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning eski qilmishidan voqif etdi

Taniqli shoir sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning eski qilmishidan voqif etdi

Foto: «Gazeta.uz»

Taniqli shoir Muhammad Ismoil «Feysbuk»dagi sahifasida O‘zbekistonning sobiq bosh prokurori Rashidjon Qodirov haqidagi hikoyani o‘quvchilari e’tiboriga havola etdi.

Shoirning aytishicha, Rashidjon Qodirov o‘z vaqtida Prezident davlat maslahatchisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Ahmadjon Otajonovni to‘rt yilga tuhmat bilan qamab yuborgan. Bunga A. Otajonov Qodirovni qattiq tanqid qilgani sabab bo‘lgan.

Shoir sobiq amaldor sobiq prokurorni nega tanqid qilganiga ham oydinlik kiritgan. Aytishicha, R. Qodirov Xorazm, Samarqand va Andijon viloyatlarida ko‘p yillar xokim bo‘lib ishlagan Bektosh Rahimovning kuyovi bo‘lgan. Ammo «gazanda» Gdlyan (ta’rif — M. Ismoilniki) Bektosh Rahimovni paxta ishi bo‘yicha nohaqdan-nohaq qamab yuborgach, Rashid Qodirov Bektosh Rahimovning qizini uchta bolasi bilan ko‘chaga haydab solgan va «mening bunday xotinim, bunday bolalarim yo‘q», deb Gdlyanning oldida o‘zini oqlagan. U shu orqali prokuraturadagi o‘z mavqeini saqlab qolgan. Ahmadjon Otajonov uni aynan mana shu xiyonati tanqid qilgan.

Ahmadjon Otajonov va Muhammad Ismoil. 
Foto: «Feysbuk» / Muhammad Ismoil.

Shoirning qo‘shimcha qilishicha, Ahmadjon Otajonov bir kun haqiqat qaror topishiga ishondi, umidini yo‘qotmadi. U hayotining keyingi yigirma to‘rt yili mobaynida bir marta haj, yetti marta umra safarini amalga oshirdi, qanchalik qiyinchiliklarga duch kelmasin, bir safar bo‘lsin namoz o‘qishdan to‘xtamadi. Xudodan yaxshi kunlar kelishini yolvorib so‘radi, elu yurt oldida yuzi yorug‘ bo‘lishini intizorlik bilan kutdi. Nihoyat O‘zbekiston Oliy sudining qarori bilan Ahmadjon Otajonov to‘liq oqlandi, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun bir necha mln so‘m atrofida tovon puli to‘lanadigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring