Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vaziriga maslahatchi tayinlandi

Tashqi ishlar vaziriga maslahatchi tayinlandi

Foto: «Uza.uz»

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga binoan, Anvar Abduhalimov ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha vazir maslahatchisi etib tayinlandi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili, matbuot kotibi Yusuf Qobuljonov telegramdagi sahifasida xabar berdi.

A.Abduhalimov diplomatiya sohasida 1999-yildan buyon faoliyat yuritadi. Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati va O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

1999-2012-yillarda Tashqi ishlar vazirligi Osiyo va Afrika mamlakatlari boshqarmasida 1-kotib, mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasida 2-kotib, Misr Arab Respublikasidagi elchixonasi maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

2012-2018-yillarda O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, mamlakatimizning Quvayt Davlatidagi elchixonasi maslahatchisi bo‘lgan.

Anvar Abduhalimov 2018-2021-yillarda O‘zbekistonning O‘mon Sultonligidagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring