Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashqi ishlar vazirligi: «Sheremetevodagi samolyot qulashida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q»

Tashqi ishlar vazirligi: «Sheremetevodagi samolyot qulashida jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar yo‘q»

Foto:«Gazeta.ru»

Kecha 5-may kuni Murmansk-Moskva yo‘nalishidagi «Sukhoi Superjet 100» samolyoti qo‘nish chog‘ida yongani xabar qilingan edi.

Ushbu aviahalokatda halok bo‘lganlar hozirda jami 41 nafar kishini tashkil etmoqda.

«2019-yilning 6-may kuni ertalab holatiga ko‘ra 5-mayda Moskvadagi Sheremetevo aeroportiga samolyotning favqulodda qo‘nishi natijasida qurbon bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu ma’lumotni tergov olib borayotgan huquqni muhofaza qilish organlari mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limiga tasdiqladi» deyiladi TIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring