Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vazirligi Hindiston va Bangladeshdagi hamyurtlarimizni ogohlantirdi

Tashqi ishlar vazirligi Hindiston va Bangladeshdagi hamyurtlarimizni ogohlantirdi

Foto: «Google.com»

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga Hindiston va Bangladeshda extiyot bo‘lishni tavsiya qilmoqda.

O‘zbekistonning Hindistondagi Elchixonasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra Hindistonning Odisha shtati va Bangladeshning qator hududlariga yopirilgan «Fani» sikloni natijasida 2 mln.dan ortiq kishi xavfli zonadan evakuatsiya qilindi, ikki mamlakatda o‘nlab kishilar tabiiy ofat qurboni bo‘ldi, mintaqada davlat idoralari, aeroportlar yopildi, poyezdlar va boshqa transport vositalari harakati to‘xtatildi.

Shu munosabat bilan Konsullik-huquqiy departamenti Hindiston va Bangladeshning yuqorida ko‘rsatilgan mintaqalarida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga «Fani» sikloni ta’siridagi hududlarga borishni vaqtincha to‘xtatishlarini tavsiya qiladi va Nyu-Dehli shahridagi mamlakatimiz Elchixonasining telefon raqamlarini eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring