Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tashqi ishlar vazirligi Hindistondagi hamyurtlarimizga murojaat bilan chiqdi

Tashqi ishlar vazirligi Hindistondagi hamyurtlarimizga murojaat bilan chiqdi

Foto:«RT»

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Hindistonning Bixar shtati va boshqa hududlarida qattiq yomg‘irlar yog‘ishi va ularning natijasida sodir bo‘lgan suv toshqinlari va o‘pirilishlar oqibatida minglab odamlar xavfli hudularni tark etishga majbur bo‘ldilar.

Mamlakat bo‘yicha jami 110 dan ortiq odam mazkur tabiiy ofat qurboni bo‘lgan. Odamlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish hamda mol-mulkidan ayrilgan fuqarolarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Hukumat tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda, deyiladi O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Shu munosabat bilan TIV Konsullik-huquqiy departamenti Hindistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini tabiiy ofat hududlariga vaqtinchalik bormaslikka chaqiradi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring