Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tashqi ishlar vazirligi Stiv Sverdlov bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirdi

Tashqi ishlar vazirligi Stiv Sverdlov bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirdi

Tashqi ishlar vazirligiga «Human Rights Watch» nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan 2019-yilning 13-iyun kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan voqeaga doir murojaati kelib tushgan.

«Ayni paytda mazkur masala har tomonlama o‘rganilmoqda. O‘rganishlar yakuniga ko‘ra amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.

O‘zbekiston tomoni «Human Rights Watch»ning mamlakatimizdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi hamda u va boshqa huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiradi» deyiladi tashqi ishlar vazirligi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring