Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangan fuqaro vafot etdi

Samarqandda noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklangan fuqaro vafot etdi

Foto:«Uza.uz»

2018-yil 11-noyabr kuni Samarqand shahrida yashagan M.O.tan jarohatlari bilan behush holda topilib, kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay u o‘ziga kelmasdan vafot etgan.

Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari natijasida noma’lum shaxslar marhum M.O.ni temir jism bilan urib, tan jarohati yetkazganliklari aniqlangandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Ishtixon tumani Zarband mahallasida ro‘yxatda turgan, hozirda yashash va ishlash joyini tayini bo‘lmagan D.R. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring