Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tereza Mey qirollik to‘yiga taklif etilmadi

Tereza Mey qirollik to‘yiga taklif etilmadi

Manbaning aniqlik kiritishicha, ushbu to‘y Harrining akasi shahzoda Uilyam va gersoginya Keyt Middltonning 2011 yildagi nikoh to‘yidek dabdabali bo‘lmaydi.

Foto: «inosmi.ru»

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey shahzoda Harri va Megan Marklning yaqinda bo‘lib o‘tadigan to‘yiga taklif etilmagan. Bu haqda kecha, 10-aprel kuni  hukumatdagi manbaga asoslanib, «Independent» nashri ma’lum qilgan.

19-may kuni Bukingem saroyida bo‘lib o‘tadigan to‘yga faqat kelin-kuyovning yaqinlari, do‘stlari taklif etiladi.

Manbaning aniqlik kiritishicha, ushbu to‘y Harrining akasi shahzoda Uilyam va gersoginya Keyt Middltonning 2011-yildagi nikoh to‘yidek dabdabali bo‘lmaydi.

Shahzoda Harrining rasmiy vakili esa to‘yga siyosatchilarni taklif etmaslikka qaror qilinganini ma’lum qilgan.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring