Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tergov boshqarmasi maktabdan bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol voqeasini o‘rgandi

Tergov boshqarmasi maktabdan bola o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan ayol voqeasini o‘rgandi

Toshkent viloyati IIBB ijtimoiy tarmoqlarda «Chirchiq shahrida joylashgan 9-sonli maktabdan notanish ayol bola o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi» nomi bilan tarqatilgan xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan joriy yilning 27 sentyabr’ kuni yuqoridagi xabar hamda ayolning kishining foto suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganligi holati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan ushbu suratdagi ayol Buxoro viloyatida tug‘ilgan G.S. ekanligi aniqlandi. U dugonasining iltimosiga ko‘ra, uning qizini o‘z farzandi 2012-yilda tug‘ilgan O.O. bilan birga, Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 187-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabidan olib kelish maqsadida mazkur maktabga borganligi, maktabda dugonasining qizi uni tanimaganligi hamda u bilan ketishni xohlamaganligi sababli, maktab xodimlarni e’tiboriga tushgan. 

Natijada sodir bo‘lgan anglashilmovchilik holati tufayli, voqea befarq bo‘lmagan fuqarolar tomonidan G.S. suratga olinib, «bola o‘g‘risi» yo‘sinidagi tasdiqlanmagan noto‘g‘ri xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring