Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Termizda tut pishdi

Termizda tut pishdi

Termizda tut pishdi. Bu haqda jurnalist Isroil Shomirov «Feysbuk»da yozib qoldirdi.

«Termizda tut pishdi. Bir yil tut eksang, yuz yil gavhar terasan deganlaridek, Amudaryo yoqasida joylashgan Pattakesar qishlog‘idagi har bir xonadonda 2-3 tupdan tut bor. Ish bilan bo‘lib tut yeyishga vaqtimiz bo‘lmadi», — deya yozgan jurnalist o‘z so‘zlariga quyidagi suratlarni ilova qilgan.

Foto: «Feysbuk» / Isroil Shomirov
Foto: «Feysbuk» / Isroil Shomirov

Qadimdan xalqimizda tutning pishishi to‘qliq va omonlikka yetish ma’nosini anglatadi. Shuning uchun ham tut pishishi xursandchilik bilan qarshi olinadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda tutning besh turi yetishtiriladi, oq va qora tutlar iste’mol qilinadi. Sershox tut, kagayama tut va ipak qurti tutlaridan ipak qurti boqishda foydalaniladi. Tut daraxti 300-500 yil yashaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring