Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qo‘lga tushgan terrorchi, yana Rashidjon Qodirov, MIBga yangi vakolatlar, AQSh hukumatida o‘zgarishlar, «Nasaf»ning yirik mag‘lubiyati va boshqa xabarlar

Qo‘lga tushgan terrorchi, yana Rashidjon Qodirov, MIBga yangi vakolatlar, AQSh hukumatida o‘zgarishlar, «Nasaf»ning yirik mag‘lubiyati va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 13-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li yana parlamentga o‘z nomzodini qo‘ydi

Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Demokratik partiya vakili Serdar Berdimuhamedov nomzod sifatida Axal viloyatining «Dushak» saylov okrugidan ishtirok etadi.

Prezident ikkita davlatga hamdardlik bildirdi

Kecha, 12-mart kuni Katmandu osmonida aviahalokat ro‘y bergan bo‘lib, 46 yo‘lovchi halok bo‘lgan, 25 nafari qutqarib olingan va shifoxonaga yuborilgan.

Shavkat Mirziyoyev Rim papasiga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13-mart kuni Rim-katolik cherkovi rahbari Fransiskni Vatikan milliy bayrami — uning Muqaddas taxtga o‘tirgan kuni munosabati bilan tabrikladi.

Ta’lim

Davlat test markazi imtihonlarning test savollarini e’lon qildi

Oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlari uchun test topshiriqlari umumta’lim fanlarning mazmuni tarkibi va abituriyentlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar asosida har bir fan bo‘yicha alohida test topshiriqlari tafsilotlariga muvofiq tuziladi.

Huquq

Avariya sodir bo‘lganda birinchi navbatda qanday hujjatlar zarur?

Bunday vaziyatda ham qator hujjatlar talab qilinadi.

Aliment kimlarga qancha beriladi?

«Mahallamizda taqdir taqozosi bilan oilasidan ajrashib, farzandini yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ayol bor. Unga farzandi uchun aliment undirib berishga yordam bermoqchimiz. Buning tartibini bilmoqchi edik».

Avtotransport uchun davlat boji kamaytirildi. Nima o‘zgardi?

«Avtotransport bilan bog‘liq shartnoma va ishonchnomalarni notarial tasdiqlash bo‘yicha davlat bojlari o‘zgartirilganligi haqida ma’lumot bersangiz».

Jamiyat

O‘zbekiston MXX terakt amalga oshirmoqchi bo‘lgan terrorchini qo‘lga oldi (video)

16 yoshida Turkiyaga ishlash uchun ketgan va u yerda Bilol va Abu Umar ismli kishilar bilan tanishgan. Ular yigitga Suriyaga borishga yordam berishgan. Tadqiqotlar jarayonida 22 yoshli yigit terrorchilik harakatlarida, shuningdek, Suriya hukumati qo‘shinlariga qarshi qurolli janglarda ishtirok etganini tan oldi.

18—19 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi. Bu galgi hashardan nima kutilmoqda?

Hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin» aksiyasi o‘tkazilib, 20 mingdan ortiq kam ta’minlangan oilaning 300 ming m2ga yaqin uy-joyi ta’mirlanadi va tartibga keltiriladi.

Endi o‘zbekistonliklar davlat tomonidan Turkiyaga ishga yuboriladi

Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligida Turkiyaning Tayga grup kompaniyasi bilan O‘zbekiston fuqarolarini Turkiyada ish bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

«InFinBank» Rashidjon Qodirov ishiga aloqadorligi haqidagi xabarlarni rad etdi

Avvalroq bir qator xorijiy OAV tomonidan «InFinBank»ning norasmiy sohibi Farhod Mamajonovning sobiq prokuror Rashidjon Qodirov «pulini yuvganlikda» gumon qilinib qo‘lga olingani, u IIV yerto‘lasida so‘roq qilinayotgani haqida rasman tasdiqlanmagan xabarlar tarqatilgandi.

O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasiga yangi direktor tayinlandi

U avval O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — moliya vaziri, makroiqtisodiyot va statistika vaziri, Qashqadaryo viloyat hokimi, «Ipotekabank» boshqaruvi raisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari ismi-sharifi nega IIV saytida qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida turibdi?

Behzod Musayev shaxsi haqida ma’lumotlarni qidirish asnosida tasodifan qiziq ma’lumotga duch keldik. Gap shundaki, ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida xuddi shu ismdagi O‘zbekiston fuqarosi qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida turibdi.

Majburiy ijro byurosiga yangi vakolatlar berildi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13-mart kuni «Ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimini yaratish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

O‘zbekistonda serjantlar maktablari tugatildi

Mudofaa vazirligi tizimidagi Chirchiq, Samarqand, Qarshi, Urganch, Namangan shaharlarida joylashgan serjantlar tayyorlash maktablari o‘z faoliyatini to‘xtatdi.

Hodisa

Toshkent — Sirdaryo yo‘lida yangi turdagi fotoradarlarga eng ko‘p tushgan haydovchilar ro‘yxati

Joriy yil fevral oyi boshidan «Olmaota – Bishkek –Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lining Toshkent shahri chegarasidan Sirdaryo viloyati hududigacha yangi namunadagi maxsus avtomatlashtirilgan fotoradar uskunalari o‘rnatilib, sinov rejimida ishga tushirilgan edi.

«Amerika orzusi»dan foydalanib, samarqandlik fuqaroni chuv tushirib ketishdi

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan M.R. qo‘lga olingan.

Toshkentda mashina yonib ketdi (foto+video)

Shayxontohur tumani joylashgan Ganga chorrahasidagi ko‘prikka kiraverishda ikkita «Neksiya» bir-birini quvib o‘tishga uringan. Ishqalanish oqibatida yoqilg‘i bakida yong‘in chiqqan.

Madaniyat

Mashhur modeler Yuber de Jivanshi vafot etdi

De Jivanshi 1927 yilda tavallud topgan. Parijdagi nafis san’at maktabida tahsil olgan Jivanshi keyinroq o‘zining nomi bilan ataladigan «Givenchy» modalar uyiga asos soladi.

Qozoq shoiri Abay ijodini o‘rganish bo‘yicha Prezident qarori imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13-mart kuni «Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Uch yil davomida olingan film 24-mart kuni katta ekranlarga chiqadi

Shu yilning 24-mart kuni «Tanhoimsan» filmi yurtimiz kinotetarlarida namoyish etila boshlaydi. Rejissyorlar Murod Yo‘ldoshev va Akbar Insopovning ilk ishi bo‘lmish ushbu kinokartinani suratga olishga uch yil sarflandi.

Texnologiya

«Apple» yana bir kompaniyani «yutib yubordi»

Amerikaning «Apple» kompaniyasi elektron nashrlarga obuna bo‘lish xizmatini taqdim etadigan «Textura» kompaniyasini sotib oldi.

Sport

Arda Turon uylandi (foto + video)

Unashtiruv marosimida Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va uning rafiqasi Omina Erdo‘g‘on ham qatnashishdi. Mehmonlar orasida Arda va Aslixonning yaqinlari, do‘stlari bor edi.

Uyidan qochib ketib yulduzga aylangan futbolchi

Oilamdagilarning aksariyati mendan futbolchi chiqishiga ishonishmasdi. Oilada 10 kishi edik. Kiyim-kechaklarni yig‘ishtirdim-da, poytaxt shahar Dakarga borish uchun ko‘chaga chiqdim. Ammo kissamda umuman pul yo‘q edi...

Qatarga borgan «Nasaf» qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi

O‘zbekistonning «Nasaf» jamoasi Osiyo chempionlar ligasi doirasida to‘rtinchi tur uchrashuvini o‘tkazdi.

Dunyo

Turkiya shimolida avtobus halokatga uchradi, o‘n kishi halok bo‘ldi

Istanbuldan Toqatga ketayotgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib, yonib ketgan. Dastlab 6 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi.

Qozog‘istonda benzin taqchilligini yo‘qotishning yo‘li topildi

Ta’kidlanishicha, agentlikning rasmiy so‘roviga Qozog‘iston Respublikasi Energetika vazirligi javob yo‘llagan bo‘lib, unda Qozog‘istonda neftni qayta ishlovchi to‘rtinchi zavodni qurishni tahlil qiluvchi ishchi guruh tomonidan mamlakatning avtobenzin, dizel yoqilg‘isi va aviakerosinga bo‘lgan ehtiyoji o‘rganib chiqilib, ma’lum xulosaga kelingani bayon qilingan.

Tramp Reks Tillersonni ishdan oldi, Markaziy razvedka boshqarmasiga yangi direktor tayinladi

AQSh Prezidenti Donald Tramp mamlakat davlat kotibi Reks Tillersonni ishdan oldi va uning o‘rniga Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeoni tayinladi.

Tavsiya qilamiz

Karam 200 so‘m, hojatxona — 1000 so‘m! (karikatura)

«Nimani xor qilsang, shunga zor bo‘lasan» degan naql bor xalqimizda.

Marhamat qilib, navbatga turing!

«Ilon izi» shaklida navbat qilinadigan bo‘lsa bemalol 10-15 metrlik «ilon» yasasa bo‘ladigan joy bor. Lekin odamlar bitta darchaning atrofini «yarim oy» shaklida o‘rab olib, bir-birlarini itarib, bosib, yanchib bor kuchi bilan darchaga qarab intiladilar. U yerda ayol, erkak, qari, yosh degan gap yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring